Site hosted by Angelfire.com: Build your free website today!
  Har kuni yangiliklarni o'qib boring

 Kasb - Talimi kulliyoti sayti

Talabalar Haqida

 

KASB TALIMI KULLIYOTI HAQIDA  

   1959 - 1960 o'quv yilidan boshlab "Umumtexnika fanlari va mehnat" ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida fizika-matematika fakulteti qoshida "Mashinashunoslik va materiallar texnologiyasi" kafedrasi tashkil qilingan. Kafedra mudiri etib raxmatlik texnika fanlari nomzodi M.T. Toirxodjayev tayinlangan.

   1959 - 62 yillarda maxsus fanlarni o'qitish uchun chetdan bir necha yuqori malakali mutaxassislar taklif qilingan. Jumladan Abu Rayxon Beruniy nomli TDTU dan texnika fanlari nomzodi dotsent V.A. Mirboboyev, texnika fanlari nomzodi D. Xalilov, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutidan dotsent A.I. Xamov, texnika fanlari nomzodi B.Qirg'izboyev va boshqalar. Shu bilan birgalikda kafedra uchun mutaxassis tayyorlash maqsadida "Umumtexnika fanlari va mehnat" ixtisosligi bo'yicha ma'lum malakaga ega bo'lgan talabalar jumladan: X.Xonjonov, M.Mirzaxmedov, A.Xodjayev, V.A. Limanskiy kafedrada ishlashga taklif qilinganlar. 1960 yilning 1 sentyabrida aloxida injener - pedagoglar fakulteti bo'lib ajralib chiqqan va unga fizika - matematika fanlari nomzodi K.G. Abdurashitov raxbarlik qilgan.

   Fakultet tashkil bo'lgan yili bitta maxsus "Mashinashunoslik va materiallar texnologiyasi" kafedrasi faoliyat ko'rsatgan. 1962 yil bu kafedra mustaqil ikkita kafedralarga bo'lingan: Ishlab chiqarish asoslari (kafedra mudiri dotsent M.T. Toirxodjayev) va Umumtexnika fanlari va mehnat (kafedra mudiri T.D.Boboyev). Fakultet tashkil qilingan yili umuman 75 nafar abituriyent shundan: 50 nafari o'zbek guruxiga 25 nafari rus guruxiga talabalikka qabul qilingan. Fakultetga 1966 - 1968 yillari falsafa fanlari nomzodi, dotsent D.N.G'aniyev,1968 - 1978 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent M.T. Toirxodjayev dekanlik qilganlar. Fakultet foliyatining birinchi yillarida Toshkent shaxridagi nufuzli oliy o'quv yurtlarini yakunlab kelgan professor - o'qituvchilar: V.A.Mirboboyev, S.X. Irgashev, A.I. Vorobyov, V.X. Abduqodirov, G. Raxmonzoda, S.A. Yuldoshbekovlar talabalarga ta'lim - tarbiya berishgan. 1964 yili shu fakultetni tugatgan birinchi qaldirg'ochlar: ya'ni xozirgi kundagi texnika fanlari nomzodi, dotsent X.Xanjanov, pedagogika fanlari doktori, professor U.Nishonaliyev, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Gafarov, D.Sotiboldiyev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Yu.Kaplun, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Magdiyev, texnika fanlari nomzodi, dotsent B.Muxamedjanovlar o'qituvchi safini to'ldirganlar. 196 - 1965 o'quv yillidan yangi ixtissoslik "Umumtexnika fanlari va mehnat qo'shimcha "Chizmachilik" ochilgan. Lekin Respublikada tabiiy - matematika fanlari o'qituvchilariga bo'lgan extiyoj ko'payib borish munosabati bilan 1965 yildan "Umumtexnika fanlari va mexnat" qo'shimcha fizika (muddati 5 yil) mutaxasisligi ochilgan. Fakultetda shu yildan boshlab sirtqi va kechki shaklida o'qishlar tashkil etilgan. Har yili fakultetga qabul qilinadigan talabalar soni oshib borgan va 1984 o'quv yilida ularning soni 250 nafarga yetgan. Bu fakultetni tugatgan mutaxassislar Respublikadagi hunar - texnika bilim yurtlari, o'quv ishlab chiqarish kombinatlari, umumta'lim maktablarda mehnat ta'limi o'quvchilari, o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'quv ustalari, maxsus fanlar o'qituvchilari safini to'ldirib borganlar.

   1977 yildan 1980 yilgacha industrial - pedagogika fakultetiga shu fakultetni tamomlagan Texnika fanlari nomzodi, dotsent U.N. Nishonaliyev raxbarlik qilgan. Ular boshchiligida bo'lajak umumtexnika fanlari va mehnat o'kuvchilari professiogrammasi ishlab chiqilgan.

   1978 yilga qadar indstrial - pedagogika fakultetida ikkita "Ishlab chiqarish asoslari" va "Umumtexnika fanlari" kafedralar faoliyat ko'rsatgan. Ishlab chiqarish asoslari kafedrasiga 1974 - 1977 yillarda dotsent U.N.Nishonaliyev, 1977 - 1992 yillarda dotsent X.Xonjonov, 1992 - 1997 yillarda dotsent N.A. Muslimovlar raxbarlik qilganlar. Umumtexnika fanlari kafedrasiga 1976 yillarda professor S.A.Yuldoshbekov, 1978 - 1996 dotsent B.Muxammadjanov, 1978 yili Ishlab chiqarish asoslari kafedrasi tarkibidan - yangi "Mehnat ta'lim metodikasi" kafedrasi ajralib chiqqan, bu kafedraga birinchi galda pedagogika fanlari doktori professor A.I.Vorobyov, keyin pedagogika fanlari doktori professor U.N.Nishonaliyevlar raxbarlik qilganlar. Umumta'lim maktablarida Elektrotexnika, radiotexnika va elektrotexnik mehnat ta'limini kuchaytirish uchun 1983 yilda "Elektrotexnika va radiotexnika" kafedrasi tashkil qilindi. Unga fizika - matematika fanlari nomzodi prof. M.G. Xaliulin boshchilik qildi, va kafedraga yuqori malakali professor - o'qituvchilarini: A.G.Rasulmuxamedov, D.A. Rasulmuxamedova, dotsent Sh.A. Sharipov, X.Rixsitillayev, dots. N.Sh. Turdiyevlar taklif etildi. 1987 yilda Toshkent Elektrotexnika va aloqa institutiga o'tishi taklif etilishi munosabati bilan, 1987 - 1991 yillarda dots. O'.Sh. Gadaybayev raxbarlik qildi. 1991 - 95 yillarda kafedra mudiri vazifasini dots. Sh.A.Sharipov bajardi. Fakultetda ilmiy ishlarini va talabalarni mutaxassislik yo'nalishlarini chuqurlashtirish uchun, "Umumtexnika fanlari", "Elektrotexnika va radiotexnika" kafedralari birlashtirilib "Texnika fanlari kafedrasi" deb nmmlandi. 1996 - 1999 yillar davomida dots. Sh.A.Sharipov, professor S.A.Yuldashbekovlar, kafedra mudirligi vazifasini bajardi.

   O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng extiyojdan kelib chiqqan xolda tayyorlanayotgan kadrlar mutaxassisliklariga munosabat o'zgardi. Umumiy o'rta maktablari uchun "Mehnat va iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik", "Mehnat va informatika" ixtisosliklari bo'yicha qo'sh mutaxassisliklar o'qituvchilari tayyorlashga kirishildi. Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi munosabati bilan O'rta maxsus va kasb - xunar ta'limi ya'ni yangi bosqichdagi o'quv muassasalari joriy etilishi bilan ularga kadrlar tayyorlash extiyoji yanada ortib bordi Respublikada o'rta maxsus, kasb - xunar ta'limiga kadrlar tayyorlashda Bizning Universitetimiz yetakchi oliy o'quv yurtlardan biri bo'lganligi munosabati bilan fakultetning mavqei yanada o'sdi. Shundan kelib chiqqan xolda fakultetning strukturaviy tuzilishi va nomlanishi qayta ko'rib chiqildi. Mustaqillik yillarida fakultetga pedagogika fanlari doktori, professor A.I.Vorobyov, dotsentlar M.S.Yaxyoyev, A.Rasulmuxamedov, B.Xusanovlar raxbarlik qilganlar. Xozirgi kunda fakultetda 3 ta kafedra faoliyat ko'rsatayapdi: 1 Ishlab chiqarish asoslari kafedrasi, mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Iskandarov. 2 Texnika fanlari kafedrasi, mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent X. Rixsitillayev. 3 Kasb ta'limi metodikasi kafedrasi, mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent vazifasini bajaruvchi S.A.Boltaboyev. Fakultetda 30 dan ortiq professor - o'qituvchilar: jumladan dotsent Sh.A.Sharipov, dotsent O.Sh.Magdiyev, dotsent Aliyev S, dotsent Shermuxammedov R., katta o'kituvchi Assomutdinov N., va boshqa yosh o'kituvchilar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Universitet ilmiy kengashining qaroriga binoan 1999 yil "Injener - pedagogika" fakultetiga "Kasb ta'limi" fakulteti degan maqom berildi. 1997 yildan boshlab fakultetga dekan sifatida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.A.Muslimov raxbarlik qilib kelmoqda. Shu kunda fakultetda 2 ta yo'nalish: V141700 - Kasbiy ta'lim (soxalar bo'yicha) va V160000 Kasbiy - pedagogik tayyorgarlik bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ikkinchi V160000 Kasbiy - pedagogik tayyorgarlik yo'nalishida V162300 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik jixozlari va avtomatlash, V168300 - Servis (ro'zg'or elektr jixozlari ta'mirlash), V168300 - Servis (shaxsiy tikuv buyurtmarini tayyorlash) ixtisosliklari mavjud. Undan tashqari 1999 yildan boshlab M141701 - Kasbiy ta'lim (soxalar bo'yicha) ixtisosligi bo'yicha magistrlar tayyorlashga kirishildi. Fakultet jamoasi yordamida bakalavr hamda magistrlar tayyorlash uchun yuqorida ko'rsatilgan ixtisoslik yo'nalishlari bo'yicha ta'lim standartlari, tipoviy o'quv rejalar, dasturlar va unga mos ravishda fanlar bo'yicha ma'ruza matnlari tayyorlandi. Endilikda darsliklar va o'kuv qo'llanmalar yozish ustida shartnomalar tuzib ishlar olib borilmoqda.

   Fakultetda 1999 yildan Respublika fan va texnika qo'mitasi olingan mablag' hisobidan Kasb - xunar kollejlariga kadrlar tayyorlashda umumkasbiy va maxsus fanlarni o'qitish bo'yicha ilmiy laboratoriya faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

   Talabalarni nazariy olgan bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash va mustaqil ishlashni tashkil qilish maqsadida fakultetda 18 o'quv ustaxonalar, laboratoriyalar va o'quv sexlar xizmat qiladi.

   Pedagogik amaliyotlarni tashkil qilish va o'tkazish uchun Toshkent shaxridagi zamonaviy jixozlangan o'rta maktab va kasb - xunar kollejlari bilan shartnoma tuzilgan. Unga fakultetning katta ilmiy metodik saloxiyatga ega bo'lgan metodist - o'qituvchilar raxbarlik qiladilar. O'quv ishlab chiqarish amaliyoti ham shaxardagi eng nufuzli korxonalar Toshkent Aviasozlik ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent qishloqmash, "Parizod" ishlab chiqarish birlashmasi, va boshqa korxonalarda o'tkaziladi.

   Talabalarni ijtimoiy jixatdan ximoyalash maqsadida 240 o'rinli Muqimiy ko'chasidagi joylashgan 9 talabalar uylari ajratilgan, yotoqxonaga muxtoj bo'lgan talabalarning extiyoji to'liq qondirilgan. Xomiylar yordamida 7 o'quv binosida talabalar bo'sh paytlarida sport bilan shug'ullanishi maqsadida 2,730 ming so'mga sport maydonchasi qurilgan.